Davlat ayblovchisi Nukus voqealari bo‘yicha asosiy ayblanuvchilar bo‘lgan Dauletmurat Tajimuratovga 18 yil, Lolagul Kallixanovaga esa 11 yil qamoq jazosini berishni so‘radi. Ish bo‘yicha boshqa sudlanuvchilarga kamroq muddat, faqat ikki gumondorga — uy qamog‘i jazosi so‘raldi.
Parlament komissiyasi a’zosi Gulnoz Mamarasulova «Gazeta.uz» bilan suhbatda Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni qanday kechayotgani, Qoraqalpog‘istonning sobiq va amaldagi rahbarining ko‘rsatmasi muhimligi, qolaversa, nima uchun komissiya haligacha o‘z hisobotini e’lon qilmagani haqida so‘zlab berdi.
Buxoro viloyat sudida bo‘lib o‘tayotgan Nukus voqealari bo‘yicha sudning ikkinchi kunida Lolagul Kallixanova ko‘rsatma berdi. «Jo‘qorg‘i Kenges xalq bilan biroz maslahat qilganida, bunday narsalar bo‘lmasdi», dedi u. Kallixanova o‘sha hodisalar vaqtida halok bo‘lganlarning yaqinlaridan kechirim so‘radi.
Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi xulosalarida tartibsizliklar natijasida 6,7 mlrd moddiy zarar yetkazilgani aytildi. Gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlandi. Ularga yaqinlari bilan navbatma-navbat qisqa suhbat o‘tkazishga ruhsat berildi.
Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha 14 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. Advokat va jurnalist Dauletmurat Tajimuratovga ayblov e’lon qilindi, jurnalist Lolagul Qallixanova gumonlanuvchi sifatida jalb qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting